- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Normat Tursunov elchi janoblariga ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha elchixona tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, viloyat hamda Qozogʻiston oʻrtasida hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda elchixonaning amaliy koʻmagi muhim boʻlishini ta'kidladi. Tomonlar Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar hamda Navoiy viloyatida biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlarga toʻxtalib, kelgusida Qozogʻistondan investitsiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning istiqbolli imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, kimyo, togʻ-kon va qurilish materiallari sanoati yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, oʻzaro tashqi savdo aylanmasini oshirish, viloyat delegatsiyalarining ikki tomonlama tashriflarini tashkil etish, may oyida ikki davlat ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida biznes-forum hamda “Yoshlar festivali”ni oʻtkazish, birodarlik aloqalarini oʻrnatib, yangi kelishuvlarni imzolash boʻyicha kelishuvlarga erishildi.