- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, dastlabki kunda Shenjon-Teyjun ishbilarmonlar uyushmasi raisi Ln Ching bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Navoiy viloyatida sanoat zonasini tashkil etish, qurilish, turizm, transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida “YUTONG” kompaniyasi bilan avtobus xaridi yuzasidan shartnoma imzolandi.
Delegatsiya a’zolari Urumchi shahridagi “MIDONG” sanoat parkida bo‘lib, metallkonstruksiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “DUOWEI” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, navoiyliklar yuqori va past kuchlanishli kabel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Euphratica cable” kompaniyasi va elektr asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi “GUOYUAN ELECTRIC” kompaniyasida ham bo‘ldilar.