Janubiy Qozog’iston universiteti olimlari talabalarga dars o‘tmoqda

2022-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Мemorandumdagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-24-fevral kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Fizika kafedrasi mudiri, dotsent Abay Tursinbayev, kafedra dotsenti Asilbek Oralbayevlar Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, “Fizika va astronomiya” hamda “Texnologik taʼlim” taʼlim yoʻnalishlari talabalariga dars mashgʻulotlarini olib borishdi.

Shu bilan birga ikkala oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hammuallifligida yaratilgan darsliklar taqdimoti o‘tkazildi.

Batafsil yangiliklarni viloyat hokimligining rasmiy telegram sahifasi orqali kuzatishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar: