- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Joriy yilning yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari davomida viloyat delegatsiyasi tomonidan erishilgan kelishuvlar o‘z natijasini bermoqda. Xususan bugun 27-fevral kuni viloyat hokimi Xitoyning Shandun Provinsiyasi Zibo shahrining “LEO Group” kompaniyasi raisi Xuan Vey bilan uchrashuv o‘tkazdi.
➡️Uchrashuv davomida “ZIBO FOLLET KERAMIKA” tomonidan umumiy qiymati 25 mln. AQSh dollari bo‘lgan “Granit va bazaltni qazib olish va qayta ishlashni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish kelishib olindi.
➡️Kompaniya raisi janob Xuan Veyga Navoiy viloyatining investitsion salohiyati, investorlarga yaratilgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
➡️Korxona tomonidan Nurota tumani hududida granit va bazaltni qazib olish va qayta ishlashni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.
Yangiliklarni muntazam ko'rib borish uchun batafsil ustiga bosing