- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
✅Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida 5007 xonadonga ega 78 ta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirilib, 25 ming nafar aholi uy-joy bilan ta’minlandi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 400 xonadonli 18 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi.
✅ Bolalar milliy markazi bilan hamkorlikda 59 nafar bolajonlarimiz yurak tug‘ma nuqsonlarini bartaraf qilish borasida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
✅Xorijlik mutaxassislar ishtirokida viloyatda 32 nafar travmatologik yo‘nalishdagi bemorlarda yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazildi. Nogironligi bo‘lgan 2 ming nafar fuqarolar 2 mlrd. so‘mlik 26 turdagi protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
✅Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 91,1 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshirilib, 5475,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 70 ta podstansiya va 1410 dona transformator punktlari yangidan qurildi va ta’mirlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 153 ta mahallada 150 mingdan ortiq xonadonlarda elektr ta’minoti yaxshilandi.
✅Transport sohasida ham qator ishlar amalga oshirilib, 2023-yilda qiymati 17 mlrd so‘mlik 19 ta yangi avtobuslar va 17 ta yangi mikroavtobuslar xarid qilindi.
✅Ichimlik suvi ta’minotida har yili o‘rtacha 120-150 km suv tarmoqlari tortilib, suv bilan ta’minlanish darajasi 1-2 foizga o‘zgargan bo‘lsa, birgina 2023-yilning o‘zida 1067 km suv tarmoqlari tortilib, 28 dona suv inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.
✅Xotin-qizlar bilan ishlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Sayyor qabullar va ijtimoiy daftarlar doirasida qariyb 45 ming oilaga 48,2 mlrd. so‘mlik davlat ko‘magi ko‘rsatildi.
✅Aholi muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 14 ming 938 ta oilaga 25,5 mlrd so‘mlik davlat ko‘magi berildi.
✅Jarrohlikning og‘ir turlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan amaliyotlar uchun 22 nafar fuqarolarga 1,6 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratilgan.
✅Xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2,2 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 500 ta oilaning bu boradagi muammolari barataraf etildi.
✅Uch yildan buyon har yili 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi talaba qizlar uchun o‘rtacha 1 mlrd. so‘mlik kontrakt pullari davlat byudjetidan to‘lab berilmoqda.
Uy-joy ta’minoti bo‘yicha ishlar jadallashtirilib, talab yuqori bo‘lgan hududlarda 2200 xonadonli 33 ta yangi uy quriladi hamda 14 ming nafar aholi uy-joylar bilan ta’minlanadi.
✅Viloyatning tuman va shaharlarida yеtarli shart-sharoitlarga ega bo‘lgan, qiymati 3,5 mlrd. so‘m bo‘lgan jami 11 ta namunaviy universal sport maydonchalari barpo etiladi.
✅Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasida 30 o‘rinli kardiologiya markazi tashkil etiladi.
✅Xatirchi tumani markaziy shifoxonasida 10 o‘rinli ko‘z mikroxirurgiyasi markazi subfiliali tashkil etib, 5 turdagi jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi.
✅Karmana, Xatirchi, Qiziltepa, tuman tibbiyot birlashmasida plastik va artroskopik jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi. Hindiston, Rossiya, Yaponiya, Belorussiya davlatlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.