- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Mirzayev Sadulla Mirzayevich
Navoiy viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - turizm boshqarmasi boshlig‘i
Telefon-faks: (79) 224-58-32
Qabul kunlari: Har haftaning payshanba kuni soat 9:00dan 11:00 gacha
Elektron pochta manzili: info@navoi.uz
Tug‘ilgan yili: 10.09.1977. Navoiy viloyati, Nurota tumani.
Millati: o‘zbek
Ma’lumoti: 2000 y. Samarqand davlat universiteti (sirtqi), 2008 y. O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi (kunduzgi). Iqtisodchi,moliyachi
MEHNAT FAOLIYATI:
1994-1999 yy. - Nurota tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi laboranti,o‘qituvchisi
1999-2001 yy. - Navoiy shahar hokimligi "Iqtisod va statistika" bo‘limi 2-toifalimutaxassisi
2001-2003 yy. - Navoiy viloyati moliya boshqarmasi Dividentlarning hisoblanishi va ularningishlatilishini nazorat qilish bo‘limi 2-toifali, 1-toifali mutaxassisi, yetakchi iqtisodchisi
2003-2004 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Navoiy" QK bo‘yicha moliya inspektori
2004-2005 yy. - Karmana tumani hokimligi moliya bo‘limi byudjet inspeksiyasi 1-toifali iqtisodchisi
2005-2006 yy. - Nurota tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari, byudjet inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi
2006-2009 yy. - Nurota tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari, byudjetinspeksiyasi boshlig‘i
2007-2008 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasi tinglovchisi
2009-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi
2010-2010 yy. - Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Nurota tumani bo‘limi boshlig‘i
2010-2017 yy. - Nurota tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nafaqalarning to‘lanishini monitoring qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i
2018-2019 yy. - Viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i
2019-2020 yy. - Navoiy viloyati iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘i
2020-2020 yy. -Navoiy viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
2020-2021 yy. -Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i
2021 y. - h.v. -Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i
Hokimning o‘rinbosari asosiy vazifalari va funksiyalari:
Turizmni jadal rivojlantirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish;
ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ziyorat turizmini rivojlantirish;
turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish, turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish va shu orqali yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlash;
madaniy sohadagi islohotlarni joylarda amalga oshirilishini ta’minlash;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
hududda ommaviy axborot vositalari, axborot targ‘ibot sohasini kompleks rivojlantirishni ta’minlash choralarini ko‘rish.
hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish va turizmni rivojlantirishni ta’minlash sohasida:
turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shu jumladan ushbu sohada aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
hududga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini strategik rivojlantirish dasturlarini sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;
joylarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilishining samaradorligini doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qiladi, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlaydi;
turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish choralarini ko‘radi;
vakolat doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, hududning o‘ziga xos madaniyati va an’analaridan kelib chiqib, turizm mahsulotini faol va kompleks targ‘ib qilish choralarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning maqsadli parametrlari, mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolati doirasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish sohasida:
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» Dasturi doirasida tashrif buyurayotgan mahalliy turistlar uchun turizm infratuzilmasini, shu jumladan mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarining tayyorligini ta’minlash, hududdagi joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini xatlovdan o‘tkazgan holda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralarni amalga oshiradi;
ekologik, etnomadaniy, qishloq, agro va sanoat turizmi yo‘nalishlarini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
mahalliy turistlar uchun tavsiya etiladigan tashrif buyurish ob’yektlari ro‘yxatini shakllantirish va uni doimiy yangilab borishni tashkil etadi;
mahalliy turistlar uchun teatrlashtirilgan milliy an’ana va urf-odatlar bilan boyitilgan tomoshalar tashkil etilishini ta’minlaydi;
kirish turizmini rivojlantirish hamda turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish sohasida:
turizm yo‘nalishlarini tizimlashtiradi, shu jumladan turizm namoyishi ob’yektlarining yagona axborot bazasini shakllantiradi;
tanlov asosida viloyat turizm brendining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tasdiqlanishini ta’minlaydi;
tematik turistik zonalari va klasterlarni yaratish orqali hamda hududning turistik salohiyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, ma’rifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik («MICE-turizm») va boshqalar)ni rivojlantirish bo‘yicha hududiy turizm dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshiradi;
bepul faoliyat ko‘rsatuvchi, shu jumladan bron qilish, suvenirlar, kitoblar va turizm xaritalari bo‘yicha ma’lumot beruvchi «turizm axborot shoxobchalari» faoliyatini tashkil etadi;
yuqori turistik salohiyatga ega bo‘lgan hududlarda xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining maxsus bo‘linmalari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil qiladi;
turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish sohasida:
joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, o‘rta, kichik mehmonxonalar va xostellarni qurishni rag‘batlantirish hamda mavjud mehmonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
turizm sohasiga tutash infratuzilmani (umumiy ovqatlanish ob’yektlari, transport-logistika tuzilmalari, ko‘ngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik namoyish ob’yektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
turizm infratuzilmasi ob’yektlarini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuni asosida turizmni rivojlantirish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshiradi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish choralarini ko‘radi;
turizm navigatsiyasining unifikatsiyalashtirilgan yagona tizimini joriy etish va rivojlantirishni tashkillashtiradi;
joylardagi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan ochiq muloqot va shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazadi;
yo‘lovchilar tashishni rivojlantirish, shu jumladan avtomobil yo‘llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari dasturlarida belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
respublika hududlari o‘rtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
transport xizmatlarini sifatli ko‘rsatish uchun hududda transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibini muntazam yangilab borish bo‘yicha takliflar kiritadi;
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida:
turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini ta’minlash, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘maklashgan holda ularning xodimlari malakasini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;
turizm sohasida kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi kadrlar va bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
ichki va kirish turizmi sohasida bevosita turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi turizm sohasi xodimlari (gidlar, yo‘riqchi-kuzatuvchi, turizm faoliyati sub’yektlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, transport xizmati va boshqa xodimlari) uchun malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
turizm sohasida xalqaro talablarga javob beradigan uzluksiz, ko‘p bosqichli ta’lim tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
turizm sohasida ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan va zamonaviy ta’lim standartlari, o‘quv-uslubiy dasturlari hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari ro'yxati
Hokim o‘rinbosarlari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari ro'yxati