- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Mamadiyarova Malika Tadjiyevna
Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi
Telefon-faks: (79) 229-62-89
Qabul kunlari: Dushanba va shanba kunlari soat 9:00 - 11:00 gacha
Elektron pochta manzili: info@navoi.uz
Tug‘ilgan yili:18.03.1984, Navoiy viloyati, Navoiy tumani
Millati: O‘zbek
Ma’lumoti: Oliy, 2008 y.Navoiy davlat konchilik institutini (kunduzgi), 2019 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
Oilali, 2 nafar farzandi bor.
MEHNAT FAOLIYATI:
2002-2011 yy. - Navoiy viloyat tabiatni muhofaza qilish ko‘mitasining analitik nazoratga ixtisoslashgan inspeksiyasi 1-toifali tabiatni muhofaza qilish mutaxassisi
2011-2015 yy. - Navoiy viloyat tabiatni muhofaza qilish ko‘mitasining analitik nazoratga ixtisoslashgan inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi
2015-2016 yy. - Navoiy viloyat tabiatni muhofaza qilish ko‘mitasining yer, yer qa’ri va suv resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ustidan nazorat inspeksiyasi 1-toifali tabiatni muhofaza qilish inspektori
2016-2017 yy. - Navoiy viloyat tabiatni muhofaza qilish ko‘mitasining yer, yer qa’ri va suv resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ustidan nazorat inspeksiyasi boshlig‘i
2017-2017 yy. - Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i
2017-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi
2019-2020 yy. - Navoiy viloyati hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi kotibiyatining yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi
2020-2020 yy. - Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining Xotin qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘limi boshlig‘i
2020-2022 yy. - Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
2022 y. - h.v. - Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi
Hokim o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlar yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam ko‘rsatish;
hokim o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish sohasida:
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman (shahar)lar oila va xotin-qizlar bo‘limlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarini ishini samarali tashkil etish choralarini ko‘radi;
xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qiladi;
oilalar va xotin-qizlar, ayniqsa, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlar nazarda tutilgan imtiyozlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosining nazoratini, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash sohasida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini ko‘radi;
xotin-qizlarning murojaatlari va uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan muammolarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar, mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan muntazam monitoring yuritadi va ko‘maklashadi;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritadi;
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga, jumladan, tashkilot, muassasa va korxonalarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlariga har tomonlama ko‘maklashadi hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
iqtidorli qizlarni a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun takliflar tayyorlash ishlarini hamda ushbu mukofot bo‘yicha mahalliy komissiyalar faoliyatini tashkil qiladi;
xotin-qizlar o‘rtasida har yili ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va faolligini oshirishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlarni tashkil etadi;
o‘z vakolati doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ular o‘rtasida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yadi;
Oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish sohasida:
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi, ushbu yo‘nalishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishini muvofiqlashtirib boradi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollariga xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni og‘ir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy ko‘maklashadi;
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi;
uy-joyga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan boshlang‘ich badalni to‘lab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlaydi;
notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan yot xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni tashkil etadi;
«Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularni balog‘atga, turmushga tayyorlash ishlariga yordamlashadi;
har yili kamida ikki marotaba o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganib boradi;
o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning muammolarini joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashadi;
xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, o‘z joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqish kabi holatlarning sabablarini chuqur o‘rganish hamda natijalari bo‘yicha mahallalar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hokim o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi:
Xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qarorlar, dasturlar va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish hamda ijrosini tashkil etish;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar rahbarlarining xotin-qizlar va oila masalalarida olib borayotgan ishlari samaradorligini muhokama qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida hamda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish va ijrosini talab qilish;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, tumanlar, shaharlar hokimliklari va boshqa tashkilotlarning o‘zi mutasaddilik qiladigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari kotibiyati mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar lavozimiga nomzodlar yuzasidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga takliflar kiritish;
kotibiyat mudirini, bosh va yetakchi mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritish.
Hokim o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari ro'yxati
Hokimning o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari ro'yxati