Mardonov Elyor Irdonovich

Mardonov Elyor Irdonovich

Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari 

Telefon-faks: (79)229-62-41

Qabul kunlari: Har haftaning juma kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha

Elektron pochta manziliinfo@navoi.uz

Tug‘ilgan yili: 1983-yil 26-iyun, Buxoro viloyati, Shofirkon tumani

Millati: O‘zbek

Ma’lumoti: Ma’lumoti oliy, 2003-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutining bakalavr bosqichini, 2008-yilda ushbu institutning magistratura bo‘limini tamomlagan. 2013-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi magistratura bo‘limini tugatgan. 

MEHNAT FAOLIYATI:

1999-2003 yy. - Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti talabasi (bakalavr)

2004-2006 yy. - Toshkent sh. Qo‘yliq maishiy xizmat ko‘rsatish kollejida maxsus fan o‘qituvchisi

2006-2008 yy. - Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti magistranti

2006-2008 yy. - Toshkent shahri Shayhontohur transport kollejida maxsus fan o‘qituvchisi

2008-2009 yy. - Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimligi Ijtimoiy ko‘nikma bo‘limi rahbari

2009-2010 yy. - Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimligi tashkiliy nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi

2010-2011 yy. - Uchquduq tumani Davlat yo‘llardan foydalanish ta’mirlash pudrat korxonasi bo‘lim boshlig‘i

2011-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi tinglovchisi

2013 – 2023 yy.  - Navoiy shahridagi 30161-sonli harbiy qism shartnoma asosida harbiy xizmatchisi

2023 y. – h.v. - Navoiy viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari. 

Hokim o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari:

Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish;

ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

jamiyatda vijdon va diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy tashkilotlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash;

O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda keksalar rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Hokim o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari ro’yxati

  1. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining hududiy kengashlari
  2. «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasining hududiy bo‘limlari
  3. «Oltin meros» jamg‘armasining viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari
  4. O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlar va Toshkent shahri vakillari
  5. Noislomiy diniy tashkilotlar
  6. Milliy madaniy markazlar
  7. Do‘stlik jamiyatlari
  8. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining viloyatlar va Toshkent shahri bo‘linmalari
  9. Boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari
  10. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari — jamoat va diniy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan




 

Ijtimoiy tarmoqlar: