Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich

Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari

Telefon-faks: (79)229-62-04.

Qabul kunlari: Har haftaning  payshanba kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Elektron pochta manzili: info@navoi.uz

Tug’ilgan sanasi va joyi: 1987-yil 3-iyun, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani

Millati: O’zbek

Ma’lumoti: 2008-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti (kunduzgi) milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari yo’nalishini tugatgan.

                                                                MEHNAT FAOLIYATI

2004-2008 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

2008-2010 yy. - Qiziltepa tumani 15-maktab o’qituvchisi

2010-2012 yy. - Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi Navoiy viloyati bo’limi mutaxassisi

2012-2014 yy. - Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi Navoiy viloyati bo’limi rahbari vazifasini bajaruvchisi

2014-2014 yy. - Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi Navoiy viloyati bo’limi rahbari

2014-2015 yy. - Navoiy viloyati hokimining yordamchisi

2015-2016 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi

2016-2017 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati Kengashi raisi

2017-2020 yy. - O’zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi

2020-2021 yy. - O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig’i

2021-2022 yy.  - O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori o’rinbosari

2022-2023 yy -  O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari

2023 y -   h.v  -  Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari

 

Hokim o‘rinbosari faoliyatining asosiy vazifa va funksiyalari:

Hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeini ko‘tarish;

aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash hamda hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni ta’minlash;

hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash;

aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlash.

Hokim o‘rinbosarining asosiy vazifalari:

hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni hamda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali amalga oshirish;

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarador va natijali ijrosini ta’minlash;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusini amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi «Yoshlar — kelajagimiz» davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5466-son Farmonining hududda to‘liq ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

yoshlar ongida Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish ishlarini tizimli tashkil etadi;

yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, yosh kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;

yoshlar o‘rtasida jinoyatlarni sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;

yoshlar bandligini, ayniqsa qishloq joylarda ta’minlash, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishda ko‘maklashadi;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqeini ko‘tarish:

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirilishini ta’minlash;

umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta’minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;

xalq ta’limini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilishda ishtirok etish;

umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tarmog‘ini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy qilishda ishtirok etish;

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil qilish, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan fan bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflarni ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash;

aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sog‘liqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirish;

sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari hamda kasalliklar profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoring olib borilishi tashkil etilishini va chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash;

tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, u tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha mahalliy davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i uchun shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;

katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;

tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganish va oldini olish, hududdagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish masalalarida tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

hududda sanitariya-epidemiologik holat va radiatsiyaviy vaziyat monitoringi olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmatsevtika tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish;

Hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash sohasida:

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi mexanizmlarini yaratish;

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;

samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;

aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4307-son qaroriga muvofiq fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida milliy g‘oyaga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, jamoatchilik ongida mustaqillik g‘oyalariga, Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganishni tashkil etadi hamda «mahalla-tuman-viloyat» prinsipi asosida hududlar bo‘yicha ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish;

«Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqotning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion usullarini ishlab chiqilishini ta’minlash;

tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish.

 Hokim o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi:

hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha qarorlar, dasturlar va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;

soha bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;

vazirliklar, idoralar, qo‘mitalarning hududiy tuzilmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarga va maqsadlarga erishilishi;

yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilishi;

«Yoshlar — kelajagimiz» davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan tadbirlarning, xususan, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar tadbirkorligining keng rivojlanishi;

iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kamayishi;

«Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari uchun sog‘lomlashtirish oromgohlari va shahar tashqarisidagi uylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralari ko‘rilishi;

doimiy ravishda bevosita ta’lim muassasalariga chiqqan holda pedagog xodimlar ish faoliyati samaradorligini oshirishga, ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik uchun qat’iy nazorat amalga oshirilishi, o‘quvchilar to‘garaklarga to‘liq jalb etilishi hamda ularning yozgi va qishki ta’tillari mazmunli tashkil etilishi;

aholi salomatligi ko‘rsatkichlarining yildan yilga yaxshilanishi, ayniqsa, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oshishi, onalar va bolalar o‘limi, baxtsiz hodisalardan o‘lim, yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan barvaqt o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishi, onkologiya kasalliklaridan besh yillik yashash ko‘rsatkichi oshishi, bir yillik o‘lim ko‘rsatkichining kamayishi;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamning belgilangan hajmlarda va sifatda ko‘rsatilishi hamda hududda nodavlat tibbiyot tashkilotlari soni va ular tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmining oshishi;

aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasi davlat talabi darajasida tashkil etilishi, mazkur guruhga kiruvchi shaxslarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash orqali ularning soni yildan-yilga kamayishi;

madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga aholining keng qatlamini jalb etish sonini oshirib borish, shu orqali hududda madaniyat va san’atni yanada rivojlantirish uchun, sport turlari bo‘yicha yosh chempionlar tarbiyalanishiga yetarli shart-sharoitlar yaratilishi;

mavjud madaniy va ma’rifiy obyektlardan maqsadli va oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari yaxshilanishi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi hamda ularning axborot xizmatlari samaradorligi oshirilishi;

axborot-kutubxona markazlari tarmog‘i kengaytirilishi va ular tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishi;

aholining muhim muammolarini hal etishda mahalla institutining roli kuchaytirilishi, fuqarolar yig‘inining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan tizimli hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishi uchun mas’uldir.

 Hokim o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari ro'yxati

  1. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
  2. Xalq ta’limi boshqarmasi
  3. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
  4. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmasi
  5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining hududiy bo‘limi
  6. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi
  7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy bo‘limi
  8. Oliy ta’lim muassasalari
  9. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
  10. Hududlardagi Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar
  11. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari — yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan

Hokim o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari ro'yxati

  1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘limi
  2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy kengashi
  3. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashi, «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasining tuman, shahar bo‘limlari
  4. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hududiy bo‘limi
  5. Kasaba uyushmalari federatsiyasining hududiy kengashi

Ijtimoiy tarmoqlar: