- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Hikmatov Sanyatillo Nusratovich
Viloyat hokimining-qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari
Telefon-faks: (79) 229-62-24.
Qabul kunlari: Haftaning chorshanba kunlari 9:00 - 11:00.
Elektron pochta manzili: s.hikmatov@nv.uz
Tug’ilgan yili: 17.04.1967, Buxoro viloyati, Romitan tumani
Millati: O'zbek
Ma’lumoti:1991 yilda Toshkent qishloq xo'jaligi instituti (kunduzgi), 2004 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (kunduzgi)
MEHNAT FAOLIYATI:
1984-1986 yy. - Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi
1986-1988 yy. - Harbiy xizmatda
1988-1991 yy. - Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi
1991-1993 yy. - Romitan tumani “Romitan” davlat xo‘jaligi brigadasi boshlig‘i
1993-1994 yy. - Romitan tumani “Romitan” jamoa xo‘jaligi pillachilik agronomi
1994-1996 yy. - O‘zbekiston yoshlar tashkiloti Romitan tumani qo‘mitasining ikkinchi kotibi, birinchi kotibi
1996-1997 yy. -“Kamolot” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi raisining o‘rinbosari
1997-1998 yy. - “Kamolot” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi ijrochi direktori
1998-2001 yy. - Romitan tumani “Agrokimyota’minot”davlat aksiyadorlik jamiyati raisi
2001-2002 yy. - Buxoro viloyati “Qishloqxo‘jalikkimyo” davlat aksiyadorlik birlashmasi Romitan tumani filiali mudiri
2002-2003 yy. - Buxoro viloyati “Qishloqxo‘jalikkimyo” davlat aksiyadorlik birlashmasi raisining o‘rinbosari
2003-2004 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi
2004-2016 yy. - Buxoro viloyati o‘simliklarni himoya qilish markazi direktori
2016-2018 yy. - Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2018-2018 yy. - Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i
2018-2020 yy. - Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2020-2023 yy. - Buxoro viloyati Jondor tumani hokimi
2023 y. - h.v. - Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Viloyat hokimi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish;
yangi intensiv bog‘lar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash;
yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi va innovasion texnologiyalarni keng joriy etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan va innovasion texnologiyalarni keng joriy etish;
tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar miqdorini belgilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish;
o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, o‘rmon xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirish;
veterinariya xizmatini ko‘rsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va qishloq joylarda savdo va pulli xizmatlarni tashkil etish.
Viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy va tarmoq bo‘linmalari ro'yxati
Viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari ro'yxati