- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
№ |
Soha nomi |
I chorak |
II chorak |
III chorak |
IV chorak |
1. |
Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish (2024- yil) |
|
|
||
2. |
Chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi (2024- yil) |
|
|||
3. |
Xizmatlar sohasining asosiy ko'rsatkichlari (2024- yil) |
|
Navoiy viloyatida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yildagi qilinishi lozim bo'lgan rejalar xususida
Xotin-qizlar bilan ishlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullar va ijtimoiy daftarlar doirasida qariyb 45 mingta oilaga 48,2 mlrd. so‘mlik davlat ko‘magi ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, aholi muammolarini joylarga chiqib o‘rganish va hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 14 ming 938 ta oilalarga 25,5 mlrd. so‘mlik davlat ko‘magi berildi.
Shu bilan birga, jarrohlikning og‘ir turlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan amaliyoti uchun 22 nafar fuqarolarga 1,6 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratib berildi.
Xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2,2 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilib, 500 ta oilaning bu boradagi muammolari bartaraf etildi.
Uch yildan buyon har yili 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi talaba qizlar uchun o‘rtacha 1,0 mlrd. so‘mlik kontrakt pullari davlat byudjetidan to‘lab berilmoqda.
Birgina, 2023-yilning o‘zida 902 nafar talaba qizlarga qariyb 7,0 mlrd. so‘m miqdorida foizsiz kreditlar ajratib berildi.
Xotin-qizlarning ta’lim olishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2765 nafar ehtiyojmand oila vakillariga hamda 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan 483 nafar xotin-qizlarga OTMlariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.
Jumladan, viloyatda xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli Dasturga asosan 2023-yilda 29 926 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi yoki o‘zining daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Yangidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan 1 610 nafar xotin-qizlarimiz bugun tom ma’noda ish beruvchiga aylandi.
Tadbirkorlik sohasida yaratilgan imtiyozlar asosida 2023-yilning o‘zida eksportyor ayollarimiz soni 22 taga ortdi.
2024-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida markazlashgan mablag‘lar va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1233,7 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajariladi.
Bunda:
- 523 mlrd.so‘mlik 1062,5 km uzunlikdagi yo‘llar,
- 22 mlrd.so‘mlik 150 km ichimlik suv tarmoqlari, 12 dona suv inshootlari,
- 176,3 mlrd.so‘mlik 1489,7 km elektr uzatish tarmoqlari, 7 ta podstansiya va 367 dona transformator punktlari,
- 49,4 mlrd.so‘mlik 9,3 km issiqlik tarmoqlari, 27 ta qozonlar, 64 ta nasoslar,
- 188 mlrd. so‘mlik 29 ta ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
- 275 mlrd so‘mlik 2 200 ta xonadonli 33 ta ko‘p qavatli uylar quriladi.
Uy-joy ta’minoti bo‘yicha ishlar jadallashtirilib, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda 2200 ta xonadonli 33 ta yangi uylar quriladi hamda 14 ming nafar aholi uy-joylar bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 830 ta xonadonli 17 ta uy-joylar quriladi va 4 ming nafardan ortiq aholi yangi uylar bilan ta’minlanadi.
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, 2024-yilda 523 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 1062,5 km yo‘llarni qurish, 12 ta ko‘priklarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajariladi.
Shuningdek, bugungi kundagi mavjud 1040 km tuproq yo‘llarda 2024-2026 yillarda (PQ-330-sonli qarorga asosan) 285 mlrd. so‘mlik ishlar amalga oshirilib, to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkaziladi.
Ichimlik suvi bo'yicha 2024-yilda barcha manbalar hisobidan 150 kilometrdan ortiq ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 12 dona suv inshootlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi va ushbu tadbirlarga 22 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltiriladi.
Buning natijasida yil yakuniga qadar markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 84,7 foizdan 85,5 foizga yetkaziladi.
Elektr ta’minoti bo'yicha joriy yilda 1489,7 km elektr uzatish tarmoqlari, 7 dona podstansiya va 367 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlanadi hamda 3229,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 62 dona podstansiya va 847 dona transformator punktlari joriy ta’mirlanadi.
Shuningdek, 934,3 km elektr uzatish tarmoqlari, 228 dona transformator va 5 dona yuqori kuchlanishli podstansiyalar yangilanadi va rekonstruksiya qilinadi.
Bulardan tashqari, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi 9,3 km issiqlik tarmoqlari, 27 ta qozon 64 ta nasos uskunalari ta’mirlanadi va 55 ming aholining issiqlik ta’minoti yaxshilanadi.
Transport yo'nalishida fuqarolarga sifatli transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida 9 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi (shundan, “Zarafshon-Almata” va “Nurota-Toshkent” turizm avtobus yo‘nalishlari), 70 ta yangi avtobus (shundan, 60 ta shahar, 10 ta shahar atrofi uchun), 20 ta mikroavtobus sotib olinadi hamda 200 ga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi.
Transport tirbandligini oldini olish maqsadida 12 ta chorrahalar kengaytiriladi, 18 ta aqlli svetafor o‘rnatiladi.
Ekologiya sohasida 2024-yilda viloyatda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 14 mln donadan (bahorda 8,8 mln, kuzda 5,3 mln) ortiq ko‘chatlar, 50 ming gektarga saksovullar ekiladi, 8 ta tumanda 19,5 gektar maydonga “Yashil bog‘lar” hamda 8 gektar maydonda “yashil belbog‘”lar barpo etiladi.
Shuningdek, chiqindini qayta ishlash bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’yektlari soni 11 tadan 18 taga ortishi natijasida qayta ishlash darajasi 45,4 foizdan 50,4 foizga etkaziladi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo’yicha viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 85,4 foizga yetkaziladi.
Buning uchun joriy yilda 2 ta davlat (1 ta Qiziltepada, 1 ta Karmanada), 59 ta nodavlat MTTlar tashkil etiladi va 2780 o‘rin qo‘shimcha quvvat yaratiladi.
Shu bilan birga, 20 ta majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari tashkil etish evaziga qo‘shimcha 458 quvvat yaratiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning 667 nafari malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
Joriy yilda 18 ta (2 ta yangi, 2 ta mukammal ta’mir, 14 ta rekonstruksiya) maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Buning natijasida, 5200 ta o‘quvchi o‘rni yangidan yaratiladi. Ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 140,0 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 30 nafardan ko‘p bola ta’lim oladigan sinflar soni 150 taga qisqartiriladi. 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish borasidagi ishlar natijasida bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 65 foizga yetkaziladi.
Shuningdek, maktablarimizdagi toifali o‘qituvchilar ulushi 40 foizdan 43 foizga (9100 nafar) yetkaziladi.
Viloyatda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 60 ta maktabga joriy etilib, maktablarda xitoy tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi, 11 nafar xorijiy o‘qituvchilar ta’limga jalb qilinadi.
Maktablarni moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 60 ta maktabga 7,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi natijasida 960 dona kompyuterlar bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, 2024-yilda 3 ta nodavlat maktablari tashkil etilib, 1000 nafarga yaqin bolalar qamrab olinadi.
Tibbiyot sohasida joriy yilda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalaridan 10 km olisdagi mahallalarda 24 ta mahalla tibbiyot punkti, 6 ta oilaviy poliklinika, 2 ta oilaviy shifokorlik punkti tashkil etiladi.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan 2,3 ming nafar shaxslar viloyat reabilitatsiya va protezlash markazida reabilitatsiya qilinib, keksa va nogironligi bo‘lgan 3 mingdan ortiq shaxslar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi.
Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasida 30 o‘rinli kardiologiya markazi tashkil etiladi.
Xatirchi tumani markaziy shifoxonasida 10 o‘rinli ko‘z mikroxirurgiyasi markazi subfiliali tashkil etilib, 5 turdagi jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi. Karmana, Xatirchi, Qiziltepa, tumani tibbiyot birlashmasida plastik va artroskopik jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialida buyrak ko‘chirish va kardioxirurgik amaliyotini mustaqil ravishda amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.
Hindiston, Rossiya, Yaponiya hamda Belorussiya davlatlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladi.
Yoshlar ishlari yo'nalishida joriy yilda yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi. Viloyatdagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm-fan, ayniqsa, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navoiy shahrida barcha qo‘layliklarga ega, imkoniyati cheklangan yoshlar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan zamonaviy kutubxona barpo etiladi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlarida yetarli shart-sharoitlarga ega bo‘lgan, qiymati 3,5 mlrd. so‘m bo‘lgan jami 11 ta namunaviy universal sport maydonchalari barpo etiladi.
Barcha shahar va tumanlarda “Yoshlar sayilgohlari” va “Yoshlar ijod ko‘chalari” hamda Navoiy shahrida “Kreativ park” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish yo‘nalishida jami 172,1 ming nafar yoshlar, "Ibrat farzandlari" Youtube platformasi orqali 35,9 ming nafar, “lbrat Academy” mobil ilovasi orqali 47,9 ming nafar “UzChess” loyihasiga 16,9 ming nafar, volontyorlik va liderlik loyihalarga 29,2 ming nafar hamda intellektual o‘yinlarga 42,4 ming nafar yoshlarni keng jalb qilish choralari ko‘riladi.
Yuqoridagi loyiha va strategik rejalarni amalga oshirish natijasida Navoiy viloyatida 2024-yil davomida jami 514 ming nafar yoshlarni turli yo‘nalishlarda to‘liq qamrab olinishiga erishiladi.
Xotin-qizlar masalasida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi doirasidagi chora-tadbirlar izchil davom ettirilib, 2024-yilda mazkur tizim asosida 31,0 ming nafar xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bartaraf etiladi.
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni oliy ta’limdagi shartnomaviy to‘lovlarini to‘lab berish hajmlari 20 foizga oshirilib, 200 nafar xotin-qizlarning bazaviy kontrakt to‘lovlari to‘lab beriladi, 2000 nafar qizlarga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli kvota asosida tavsiyanoma beriladi, 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan yana 1500 nafar xotin-qizlarga mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limga kirishi uchun tavsiyanomalar beriladi.
Ehtiyojmand bo‘lgan 500 nafar xotin-qizlarning uy-joylari davlat tomonidan bepul ta’mirlab beriladi. 2024-yilda 1200 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida uy-joy xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda bo‘lgan 1575 nafar xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila turmush sharoiti manzilli o‘rganiladi, Navoiy viloyatini jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarimiz izchil davom ettiriladi.
Tabiiy va yer osti boyliklariga boy viloyatimizda Mendeleyev jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjudligi, ishlab chiqarish uchun infratuzilma mavjudligi sababli mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 16 foizi Navoiy viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi, bugungi kunda viloyatdagi 4,3 mingdan ortiq sanoat korxonalarimizda 100 mingdan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
2024-yilda loyihalar va korxonalarning mavjud quvvatlarini kengaytirish hamda yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga 107,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’atini 106 foizga (hududiy korxonalar 14,1 trln so‘m, 119,0%) yetkaziladi.
2024-yilda importda salmog‘i yuqori bo‘lgan mahsulotlarni mahalliy korxonalarimizda o‘zlashtirish ishlari davom ettiriladi.
Masalan, har yili mamlakatimizga 17,2 mln. dollarlik vodorod perioksidi import qilinsa, viloyatimizdagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” MCHJ tomonidan yiliga 20 mln. dollarlik vodorod peroksidi ishlab chiqariladi va import o‘rnini to‘liq qoplaydi.
Shu va shu kabi loyihalarni hisobiga 2024-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida 136 turdagi 1,8 trln. so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettirgan holda, joriy yil viloyatda 136,7 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi.
2024-yilda xorijda ishlab yurgan 12299 nafar fuqarolar yashash manzillariga qaytishi kutilayotgan bo‘lib, ularni reintegratsiya qilib borish orqali 9,8 ming nafarining bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
Joriy yilda mehnat bozoridagi talabdan kelib chiqib kasb-hunarga, tadbirkorlikka va xorijiy tillarga o‘qitish 20 mingtaga yetkaziladi.
Bundan tashqari, 2024-yilda ajratiladigan 16 mlrd. so'm subsidiya hisobiga 3,2 ming nafar ishsizlar bandligi ta’minlanadi.
Tadbirkorlik sohasiga berilayotgan imtiyoz va qulayliklardan foydalangan holda 2024-yilda 4800 ta yangi tadbirkorlik subyektlari yaratilib, ularning soni 30 mingtaga yetkaziladi.
2024-yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 10,0 trln. so‘m, shundan kichik biznesga 3,5 trln. so‘m kredit ajratish yoki o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Shu birga, Oilaviy tadbirkorlik dasturi va kichik biznesga ko‘maklashish markazi tomonidan 700 mlrd. so‘m kreditlar ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, “20 ming tadbirkor - 500 ming mutaxassis Dasturi” 2024-yilda qo‘shimcha 400 ta tadbirkorlik subyektlarida 21 ming nafar ishsiz aholi ishga qabul qilinadi.
2024-yilda investisiya dasturlari doirasida qiymati 1 mlrd. 431 dollarlik 719 ta loyihalar shakllantirilib, ular hisobiga 10,1 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirib olindi.
Ushbu loyihalar hisobiga yiliga 4,6 trln. so‘mlik qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilib, 46 mln. dollarlik eksport va 30 mln. dollarlik import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqariladi hamda byudjetga 200 mlrd. so‘mlik tushumlar manbasi yaratiladi.
Shuningdek, Turkiya, Xitoy va Tatariston respublikalariga tashriflar doirasida imzolangan kelishuvlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalar hisobiga 2024-yilda kamida 650 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi (2023-yilga nisbatan o‘sish 136 foiz).
Shu bilan birga, 2024-yilda viloyatda 337 mln. dollarlik eksport amalga oshirilib, 2023-yilga nisbatan 195 foizga yoki 164 mln. dollardan ortiq mahsulotlar eksport qilinishi hamda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini 30 foiz (100,1 mln doll)ga yetkazish belgilangan.
Mazkur prognoz ijrosini ta’minlash maqsadida, eksport faoliyatiga 50 ta yangi korxonalar jalb etilib, 15 turdan ortiq yangi mahsulotlar eksportga chiqariladi va 12 ta yangi eksport bozorlari o‘zlashtiriladi.
Bundan tashqari, Yevropa davlatlariga amalga oshiriladigan eksport hajmi 30 mln. dollarga (2023-yilda 21,7 mln doll.) va shundan, Dji-Es-Pi plyus doirasida eksport hajmi 16 mln. dollarga yetkazish (2023-yilda 9,1 mln doll.) choralari ko‘riladi.
Turizm sohasi bo‘yicha yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 2024-yilda 350 ming nafar xorijiy hamda 2 mln 200 ming nafar mahalliy sayyohlarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilda umumiy qiymati 198,8 mlrd so‘mlik 53 ta loyihalarni (2023-yilga nisbatan 1,9 barobarga ko‘p) ishga tushirish hisobiga 399 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha choralar belgilangan.
Bundan tashqari, M-37 avtomagistral yo‘l bo‘yining Qiziltepa tumani hududida Karvonsaroy tashkil etiladi, Nurota tumani “Chuya” MFY hamda Xatirchi tumani “Langar” qishloqlari “Turizm qishlog‘i”ga aylantiriladi.
Viloyatning turizm va yondosh infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida 36,0 mlrd. so‘mlik mablag‘lar yo‘naltiriladi.
Qishloq xo‘jaligi sohasini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish, yangi yer maydonlar o‘zlashtirishda qo‘shimcha mahsulotlar yetishtirish orqali 19,2 trln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarib, o‘sish sur’atini 104,9 foizga yetkazishni rejalashtirilgan.
Mavjud rezervlarni ishga solish va loyihalarni amalga oshirish hisobiga qishloq xo‘jaligida 2024-yilda jami 89,6 ming (3,4 ming doimiy, 86,2 ming mavsumiy) nafar aholi bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
3713 gektar maydonlarni foydalanishga kiritish orqali qo‘shimcha 8,5 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hamda 3415 nafar aholi bandligini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga, 1060 gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirish hisobiga dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun tarqatilib, 5,3 ming nafar aholi bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
Bundan tashqari, 510 gektar mevali bog‘ va 2057 gektar tokzorlar barpo etish orqali, 2414 nafar aholi bandligi ta’minlanadi hamda 84,5 ming tonna meva, 56,5 ming tonna uzum yetishtiriladi.
Shuningdek, chorvachilik sohasida umumiy qiymati 339,5 mlrd. so‘mlik 93 ta loyihalar tashkil etish hisobiga 621 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Shu bilan birga, barcha toifa xo‘jaliklar tomonidan 193,5 ming tonna go‘sht, 551,5 ming tonna sut, 419 mln dona tuxum, 14,1 ming tonna baliq hamda 1219 tonna asal ishlab chiqariladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlar tomonidan 2024-2025- yillarda qiymati 650 mlrd. so‘m bo‘lgan 21 ta investitsion loyihalarni amalga oshirish natijasida 3300 nafar doimiy ishchi o‘rinlari tashkil qilinadi.
Viloyatda 5,2 ming gektar maydonda tomchilatib, 10 ming gektar yomg‘irlatib sug‘orish hamda 11,6 ming gektar maydonda lazerli tekislash ishlari olib boriladi hamda 650 km (bugungi kunga qadar 378 km, 60%) ichki tarmoqlar betonlashtiriladi.
Aholi ixtiyoridagi 12,7 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan 2-3 marta hosil olish maqsadida 6,8 ming gektar ertaki, 8,3 ming gektar takroriy va 8,5 ming gektar to‘qsonbosti usulida ekinlar ekish ta’minlanadi.
Paxtachilikda 28,2 ming gektar maydonda sinalgan va chet eldan olib kelinadigan navlarini ekish evaziga 112 ming tonna (o‘rtacha 40,1 s/ga) paxta xom-ashyosi, g‘allachilikda 44,3 ming gektardan (o‘rtacha 80 s/ga o‘tgan yilga nisbatan +15,7 s/ga) 354,4 ming tonna yalpi hosil olishga erishiladi.
2024-yilning bahor mavsumida 19,8 ming quti ipak qurti parvarishlanib, 1200 tonna tirik pilla xom ashyosi yetishtirish hamda ushbu sohada jami 58,0 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan rejalar amalga oshirilishi natijasida, viloyatda 2024-yil yakunida:
yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 93,8 trln. so‘mni tashkil etishi va o‘sish sur’ati 105,1 foizga;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 107 trln. so‘mga va o‘sish sur’ati 105,0 foizga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 17,3 trln. so‘mga va o‘sish sur’ati 103,9 foizga;
qurilish ishlari 7,7 trln. so‘mga va o‘sish sur’ati 106,5 foizga;
xizmatlar hajmi 14,8 trln. so‘mga va o‘sish sur’ati 17,7 foizga o‘sishiga erishiladi.
Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 86,2 mln. so‘mga, sanoat mahsulotlari 98,4 mln. so‘mga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 15,9 mln. so‘mga, qurilish ishlari 7,0 mln. so‘mga, xizmatlar hajmi 13,7 mln. so‘mga yetkaziladi.
Shu bilan birga, 2024-yilda byudjet daromadlari ham 4,8 trln.so‘m, mahalliy byudjet daromadlari esa 2,0 trln. so‘mga yetkaziladi.