Viloyatdagi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari to'g'risida ma'lumot

  

  

 

2023-yilda Navoiy Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili

Tizimda amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatdagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan 84 ming 155 nafar bolalardan 71 ming 028 nafari, ya’ni 84,4 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi ta’minlandi. Jami 1 ming 308 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 219 tasi davlat, 1 ming 89 tasi nodavlat (shundan 79 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 1 ming 5 ta oilaviy, 5 ta xususiy) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 26 713 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan. 6 568 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda.

Hududimizda 366 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. 187 656 nafar o‘quvchiga 20 077 nafar pedagog saboq berayotir.

Pedagoglarning 3360 nafari oliy, 5127 nafari 1-toifali, 5445 nafari 2-toifali, 4637 nafari mutaxassis, 1494 nafari o‘rta-maxsusdir.

Viloyatimizda 1 ta Prezident maktabi, 7 ta Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu ta’lim dargohlariga 2217 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, 3 ta xususiy maktab mavjud bo‘lib, 663 nafar o‘quvchiga 126 nafar pedagog tahsil bermoqda.

2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, 20 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy etildi.

Ta’lim muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 27 ta ta’lim muassasalarida 111, 1 milliard so‘m respublika, 16,1 milliard so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari evaziga qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, 3 ta yangi qurilish va 24 ta ta’lim muassasasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Natijada 7 968 ta o‘quvchi o‘rni yaratildi.

Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihalari bo‘yicha 1-mavsumda 57,9 milliard so‘m, 2-mavsumda 19, 3 milliard so‘m mablag‘ evaziga ta’lim dargohlarida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, homiylik mablag‘lari evaziga Navoiy shahrida 990 o‘rinli, Tomdi tumanida 504 o‘rinli maktablar qurilib foydalanishga topshirildi.

2023-yilda bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, respublika fan olimpiadasida 3 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 2 ta 3-o‘rin; xalqaro fan olimpiadasida 1 ta kumush, 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. 10748 nafar bitiruvchidan 6797 nafar ya’ni, 63,2% o‘quvchi oliy ta’limga o‘qishga kirdi. 9791 nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi.

Viloyatimizda 1839 nafar chet tili fani o‘qituvchi bo‘lib, shundan 585 nafar V2, 897 nafari S1 va undan yuqori sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Ta’limni raqamlashtirish maqsadida 133 ta maktabga 2149 ta kompyuter berildi. 521 ta kompyuter sinfida 7508 ta kompyuter mavjud bo‘lib, o‘quvchilar undan unumli foydalanmoqda. 23100 nafar  Coursera platformasida o‘qitildi. 84 % informatika fani o‘qituvchilari Xalqaro IT sertifikatini olgan.

O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida 11 ta maktabda ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish tashkil etildi. O‘quvchilarga 4 ta til va 8 xil kasb turi o‘rgatilmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: