Qurilish-bunyodkorlik yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlili

Soha nomi

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

1.

Qurilish ishlari ko'rsatkichlari

(2024-yil)

 

Yuklab olish  

 

 Yuklab olish

 

Yuklab olish  

 

2.

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, aholi uchun qulay infratuzilma sharoitlarini yaratish maqsadida markazlashgan dasturlar doirasida 1 trln 72 mlrd. so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida 5007 ta xonadonga ega 78 ta ko’p qavatli uylar foydalanishga topshirilib, 25 ming nafar aholi uy-joy bilan ta’minlandi.

Shuningdek, “Yangi O’zbekiston” massivlarida 400 xonadonli 18 ta ko’p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu massivlarda 5 ta (1 ta 330 o’rinli maktab, 2 ta 300 o’rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta 100 qatnovli tibbiyot muassasasi) ijtimoiy soha obyektlari, 4,7 km ichimlik suv, 3,1 km oqova suv, 22,2 km elektr, 4,3 km tabiiy gaz, 3,8 km issiqlik tarmoqlari va 3,6 km ichki yo’llar qurildi.

Karmana va Qiziltepa tumanlarida 2 ming nafar aholi yangi uylar bilan ta’minlandi. Ichimlik suvi ta’minotida har yili o’rtacha 120-150 km suv tarmoqlari tortilib, suv bilan ta’minlanish darajasi
1-2 foizga o’zgargan bo’lsa, birgina 2023-yilning o’zida 1067 km suv tarmoqlari tortilib, 28 dona suv inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.

90 mingdan ortiq aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi, 36 mingdan ortiq aholining suv ta’minoti yaxshilandi hamda ta’minlanganlik darajasi 76 foizdan 84,7 foizga yetkazildi.  2023-yilning o’zida Xatirchi tumaniga 92,5 mlrd so’m mablag’lar ajratilib, 559,2 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 9 dona suv inshootlarini qurildi. 58,0 mingdan ortiq aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi hamda ta’minlanganlik darajasi 38 foizdan 67,0 foizga yetkazildi. Yo’llarni ta’mirlash borasida ham 2010-2015 yillarda yiliga o’rtacha 80-100 km ichki yo’llarni ta’mirlagan bo’lsak, birgina 2023 yilning o’zida tuproq yo’llarni shag’allashtirish jarayonida ishlar hashar yo’li bilan amalga oshirilishi  (yoqilg’isi olib berilib, korxonalarining o’z kuchi bilan amalga oshirildi) 1167 km yo’llarda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bajarildi.

(Ma’lumot uchun: 2023-yil 1 yanvar holatida 1414 km tuproq yo’llar mavjud bo’lib, 2023-yilda 374 km (26 foiz) qismi shag’allashtirildi).

218 ta mahalla va qishloqlardagi ichki yo’llarning holati yaxshilanib, ta’mirtalab ahvoldagi ichki yo’llar ulushi 2022- yildagi 52 foizdan 39 foizga kamaytirildi.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 91,1 mlrd so’mlik ishlar amalga oshirilib, 5475,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 70 ta podstansiya va 1410 dona transformator punktlari yangidan qurildi va ta’mirlandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 153 ta mahallada 150 mingdan ortiq xonadonlarda elektr ta’minoti yaxshilandi.

2023-yilda 1205 ta ijtimoiy soha obyektlar va tadbirkorlik subyektlari hamda 1199 ta aholi xonadonlarida muqobil energiya manbalari joriy etildi.

Jami 2404 ta obyektda quvvati 21,5 MVt quyosh panellari o’rnatilishi natijada 1 oyda 5,0 mln.kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.

Transport sohasida ham qator ishlar amalga oshirilib, 2023-yilda qiymati 17 mlrd. so’mlik 19 ta yangi avtobuslar va 17 ta yangi mikroavtobuslar xarid qilinib, transport xizmatlari tashkil etildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida, 2023-yil bahor va kuz mavsumida 15,5 mln dona (bahorda 8 mln 933 ming, kuzda 6 mln 117 ming) ko’chatlar ekildi.

Shuningdek, yirik sanoat korxonalari atrofida ekologik muhitni yaxshilash uchun 204,2 gektar yer maydonlarida 186,2 ming dona ko’chatlar ekilib, “Yashil belbog’lar” tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar: