- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
№ |
Soha nomi |
I chorak |
II chorak |
III chorak |
IV chorak |
1. |
Qishloq, o'rmon, baliqchilik xo‘jaligi (2024-yil) |
|
|||
2. |
|
|
|
|
|
3. |
|
|
|
|
|
Qishloq xo‘jaligi sohasini jadal rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni samarali foydalanilishi va sohada olib borilayotgan ishlar natijasida, 2023-yilda viloyatda 19,7 trln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, sohada 115,4 ming nafar (shundan 103,4 ming nafar mavsumiy, 12 ming nafar doimiy) aholining bandligi ta’minlandi.
Dehqon va fermerlarimizning mehnatlari evaziga o‘tgan yilda 86,5 ming tonna paxta (hosildorligi 39,1 s/ga), 258,1 ming tonna g‘alla (hosildorligi 64,3 s/ga) va 106,2 ming tonna meva-sabzavot (105,1%) yetishtirildi.
Shuningdek, 3195 gektar aholi yashash punktlariga yaqin va suv ta’minoti qulay bo‘lgan yerlar 6,4 ming nafar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratildi. Ushbu yerlardan 47,6 ming tonna qo‘shimcha mahsulot yetishtirilib 19,3 mlrd. so‘m daromad olishga erishildi.
2023-yilda 69 ta tashabbuskorlar tomonidan 32,9 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobiga 1645 gektar mevali bog‘lar hamda 3382 gektar maydonlarda yangi tokzorlar barpo etildi.
Viloyatda 2023-yilda 5047 gektar yerlar foydalanishga kiritildi.
Suv isrofini kamaytirish maqsadida 2023-yilda 11,8 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilib, shundan 855 gektar tomchilatib sug‘orish, 2,2 ming gektar yomg‘irlatib sug‘orish, 3,3 ming gektar diskret sug‘orish, 5,5 ming gektar lazerli tekislash amalga oshirildi.
Ushbu ishlarni davom ettirish va suvdan unumli foydalanish maqsadida, 2023-2024 yillarda 724 km sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ushbu ishlarning 60 foizi bajarildi.
2023-yilda 10 ta nasos stansiya boshqaruvi xususiy sektorga berildi.
Suv xo‘jaligi obyeklarida 197 dona 2,4 mlrd so‘m hisobiga (108%) “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatildi.