- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Bugungi kunda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 25 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 17 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 9293 nafar talaba tahsil olmoqda. Xususan:
2023-yilda pedagogik universitet jamoasining 3 nafar vakili fan doktori (DSc) hamda 30 nafari texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga erishdi. Yil yakuni bo‘yicha universitetda jami 300 nafardan ortiq pedagogik jamoa faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ilmiy salohiyat 57,9 foizni tashkil etmoqda.
2024/2025 o‘quv yilida qabul kvotasi yanada oshirilib, 2 ta yangi «Marksheyderlik ishi» va «Marketing» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan.
2023-yilda jami 57 nafar professor-o‘qituvchilar malaka oshirdilar. Bundan tashqari, 37 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka va malaka oshirish dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi.
Respublikadagi sohaga mos oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida hozirda 5 ta oliy ta’lim muassasalari bilan talabalarning akademik mobilligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Hozirgi vaqtda Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali, Jizzax politexnika instituti va Buxoro davlat universitetining talabalari tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonlariga jalb etilgan.
Universitetda 58 nafar professor-o‘qituvchilarda va 89 nafar talabaga xorijiy til sertifikatlari mavjud. Universitetda ta’lim sifatini oshirish maqsadida 45 nafar professor-o‘qituvchilar mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, amaliyot hamda tajriba mashg‘ulotlarini ingliz tilida olib borish uchun jalb etilgan.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti delegatsiyalari 2023-yil davomida Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Ispaniya, Angliya kabi 10 dan ortiq mamlakatlarning TOP-1000 ro‘yxatiga kiruvchi universitetlari faoliyati bilan tanishib qaytishdi. Mazkur tashriflar davomida talabalar va magistrlar akademik almashinuvi hamda professor-o‘qituvchilarning stajirovkalari bo‘yicha kelishuvlarga erishilib, bu boradagi hamkorlik ayni vaqtda ham jadal davom etmoqda.
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi. Yurtimizning eng iqtidorli yoshlari qatorida ta’lim dargohning bir guruh talabalari ham stipendiat sifatida e’tirof etildi. Jumladan, Bektamishov Quvonchbek G‘ayrat o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi, Hamroyeva Muxlisa Obid qizi - Prezident stipendiyasi, Raxmatova Zuhra Muzaffar qizi - Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Mansurova Dilfuza Zokir qizi, Raxmatova Fotima Muzaffar qizi, Moxilova Nafisa To‘lqin qizi - Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari bo‘lishdi.
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti alohida institut maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, o‘zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 11 ta fakultet, 26 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. Institutda 30 ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 19 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida 10117 nafar, magistratura 237 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 8702 nafar, kechki ta’lim shaklida 1325 nafar, institut jami 20421 nafarni tashkil etadi.
Rektor, Institut Kengashi, Jamoatchilik kengashi, Prorektorlar, O‘quv-uslubiy boshqarma, Axborot kommunikatsiya va texnologiyalar markazi, Magistratura bo‘limi, Axborot resurs markazi, Sirtqi bo‘lim, Yoshlar bilan ishash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Matbuot bo‘limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiya ilmiiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Xalqaro hamkorlik bo‘limi, Taxririy-nashriyot bo‘limi,Ilmiy-innovatsion islanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi, Reja-moliya bo‘limi, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Xodimlar bo‘limi, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi, Devonxona va arxiv bo‘limlaridan iborat.
Fakultet: (Fizika-texnologiya ta’lim, Matematika-informatika, Tabiiy fanlar, Tarix, O‘zbek tili va adabiyoti, Ingliz tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi, San’atshunoslik, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Tibbiyot, Jismoniy madayat)
Institutda to‘liq shtat bo‘yicha jami 511 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim jarayonida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Institutda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar salmog‘i 35,2% ni tashkil etadi.
Navoiy davlat pedagogika instituti shaharning 7 ta hududida joylashgan bo‘lib, hududlarda 7300 o‘ringa mo‘ljallangan 8 ta o‘quv binosi, 1280 o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joyi, 6 ta ochiq turdagi sport maydoni, 3 ta sport zal, 4 ta talabalar oshxonasi mavjud.
Institutda taʼlim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, institut IT-parkini yangilash maqsadida kompyuter 12 ta xonalari 300 dan ortiq Intel core I5-11400 rusumidagi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. 8 ta oʻquv va 4 ta TTJ binolari optik tolali internet tarmogʻiga ulangan boʻlib, internet tezligi oʻquv binolarida 100 Mb/s, TTJ binolarida 100 Mb/s ni tashkil qiladi.
Institutda taʼlim jarayonlarini boshqarish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimida yuritiladi.
Taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida maʼruza mashgʻulotlari uchun 30 dona interaktiv sensorli doska qurilmasi, 12 ta kompyuter sinfxonalari uchun 310 ta zamon talabidagi kompyuterlar bilan taʼminlangan.