- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ayni damda Navoiy viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Rustam Sulaymonov raisligida navbatdagi apparat yigʻilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yigʻilish kun tartibidan ijro intizomini mustahkamlash, berilgan topshiriqlar, nazoratdagi hujjatlar ijrosi, Respublika ishchi guruhining oʻrganish natijalari, ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash, shu jumladan aprel oyi rejasining tijorat banklari hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan bajarilishi holati koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik dasturi, kichik biznesni rivojlantirish, Sayxunobod tajribasini hududlarda joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatda chigit ekish ishlarining borishi singari qator masalalar tahliliy muhokamasi oʻrin olgan.