Qozog'iston OAV vakillari Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi

Navoiy viloyati hokimligi hamda Qozog'iston elchixonasi tashabbusi bilan Qozog'istonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Navoiy viloyati bo‘ylab press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida qozoq xalqi uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati va boy madaniy merosi haqida ma’lumot beruvchi materiallar tayyorlash hamda qisqa metrajli ko'rsatuvlarni suratga olish ishlari amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-18-may kunlari Ayteke Biy tavalludining 380-yilligi nishonlanadi.

Press-tur davomida Nurota, Konimex tumanlari hamda Navoiy shahridagi madaniy meros obyektlari, o‘tovli oromgohlar va joylashtirish vositalarida suratga olish ishlari amalga oshirildi, yakunida esa kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha kelishib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: