- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon-faks: (79) 229-62-07
Qabul kunlari: Har haftaning seshanba kunlari soat 9:00 dan 11:00 gacha
Elektron pochta manzili: info@navoi.uz
Tug‘ilgan sanasi va joyi: 1987-yilda Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani
Millati: o‘zbek
Ma’lumoti: Oliy, 2009-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti
MEHNAT FAOLIYATI:
2005-2009 yy. - Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti talabasi
2009-2011 yy. - Navoiy kon metallurgiya kombinati Zarafshon qurilish boshqarmasi Zarmitan trest maydoni ish yurituvchisi
2011-2012 yy. - Karmana tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash foydalanish korxonasi 219-yo‘l bo‘limi boshlig‘i
2012-2014 yy. - Karmana tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash, foydalanish korxonasi Avtomobil yo‘llaridan foydalanish bo‘limi boshlig‘i
2014-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direksiyasi Avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlashni texnik kuzatish bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2014-2018 yy. - Karmana tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori
2018-2019 yy. - Navoiy yo‘l qurish-ta’mirlash unitar korxonasi direktori
2019-2023 yy. - Navoiy viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i
2023-2023 yy. - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Avtomobil yo‘llarini qurish, ta‘mirlash va yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i
2023 y. - h.v. - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori
Hokim o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari:
Kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarini qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish;
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda shahar, tuman, qishloq va mahallalarni kompleks hamda jadal rivojlantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv obyektlarining samarali faoliyatini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash;
aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash;
davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
Hokim o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kapital qurilish industriyasi sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital qurilish va pudrat ishlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etadi;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish choralarini ko‘radi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, tender jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazish hamda moliyalashtirishni o‘z vaqtida ochish ishlarini tashkil qiladi;
Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) doirasida byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil qiladi;
har yili qabul qilinadigan Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturlari loyihalarini shakllantirish jarayonida hududdagi mavjud holatni to‘g‘ri va to‘liq tahlil qilgan holda, vakolatli organlarga asoslangan takliflar kiritib boradi;
Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish jarayonida yirik investisiya loyihalarini kerakli infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganlik darajasini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda tahlil qilib, asoslangan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, hokim o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatining monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etadi;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazoratining amalga oshirilishi holatini o‘rganadi;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshiradi hamda natijalari bo‘yicha obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlaridagi mavjud qoloqliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan choralar ko‘radi;
qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganadi va tahlil qiladi, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
qurilish tarmog‘ini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, salohiyatli xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishga zamonaviy ilg‘or, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etadi;
Hokim o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat va organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari ro'yxati
Hokim o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari ro'yxati