Бугун: 04 Окт 2023 йил

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
Бош сахифа > Янгиликлар > QIZILTEPALIK O‘SMIRLAR RESPUBLIKA BOSQICHIDA


Qiziltepa tuman markaziy o‘yingohida 16 yoshlilar o‘rtasida "Sport maktablari futbol ligasi" viloyat chempionatini yakunlovchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Unda qiziltepalik o‘smirlar musobaqa g‘olibligi uchun karmanalik o‘smirlar bilan kuch sinashishdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahs 1-1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Ikkinchi bahsda xatirchilik va navoiylik o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazildi. Gollarga boy ushbu bahs xatirchilik yoshlarning 5-2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Chempionatning tur o‘yinlari natijasiga ko‘ra musobaqada Karmana sport maktabi 3-o‘rinni, Xatirchi sport maktabi 2-o‘rinni egallagan bo'lsa, Qiziltepa sport maktabi 1-o‘rin va musobaqa kubogini qo‘lga kiritishdi.

Shu bilan birga, qiziltepalik o‘smirlar ushbu musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Кўрилганлар сони: 393 

Биз билан алоқа

(*) белгиси билан кўрсатилганлар киритилиши шарт.

Тасвирдаги ёзувни киритинг *


Система Orphus