Бугун: 07 Дек 2023 йил

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
Бош сахифа > Янгиликлар > “ISTIQLOL” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL


Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov aholi murojaatlarini o‘z joyida eshitish, o‘rganish va yechimini ta’minlash maqsadida Xatirchi tumanining “Istiqlol” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda mahalla ahlidan istiqomat qiluvchi 30 nafardan ziyod fuqarolarning yakka tartibdagi, oilaviy va jamoaviy bo‘lib qilingan sog‘likni tiklash, ishga joylashish, shuningdek, mahalladagi xonadonlarning suv bilan ta’minlanishini yaxshilash, elektr tokining quvvati pastligi sababli quvvatini oshirish choralarini ko‘rish, yaroqsiz simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, soyni (sel yo‘lini) tozalanishida poliklinikani rekonstruksiya qilish, yo‘llarni hamda ko‘prikni ta’mirlash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan 50 taga yaqin murojaati tinglandi.
Murojaatlarning 70 foizi shu yerning o‘zida bartaraf etildi, ayrimlari joyiga borib o‘rganilib, yechimini ta’minlanishi bo‘yicha choralar belgilandi.

Кўрилганлар сони: 560 

Биз билан алоқа

(*) белгиси билан кўрсатилганлар киритилиши шарт.

Тасвирдаги ёзувни киритинг *


Система Orphus