Бугун: 10 Июн 2023 йил

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
Бош сахифа > Янгиликлар > ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH ENG MUHIM VAZIFA


Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi Keskanterak mahallasi hududida joylashgan Madaniyat markaziga tashrif buyurdi.

Tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazdi.

Ushbu yig‘ilishda viloyat va tuman mutasaddilari, sektor rahbarlari, tumandagi tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida bugungi kunda aholini xonadonbay o‘rganish ishlarini amalga oshirish, buning natijasida ishsizlar soni har-bir xonadonda nechtaligini aniqlash va ularni ish bilan ta’minlash masalasi dolzarb vazifa sifatida ta’kidlandi.

Viloyat rahbari mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirish, aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlarni ish bilan band etish, aholi o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Кўрилганлар сони: 422 

Биз билан алоқа

(*) белгиси билан кўрсатилганлар киритилиши шарт.

Тасвирдаги ёзувни киритинг *


Система Orphus