Бугун: 23 Сен 2023 йил

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
Бош сахифа > Янгиликлар > IBROHIM FAYZIYEV: “UMR — BEKAT EMAS, HAYOTDA HAMISHA HARAKATDA BO‘LINSAGINA KUTILGAN NATIJAGA ERISHILADI…”


Bugun, 12-sentabr sanasida “Navpromlitmash” MCHJ direktori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Ibrohim Fayziyev Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Navoiy shahrida faoliyat olib boradigan mazkur MCHJda bugungi kunda mashinasozlik va tog‘-kon sanoatida ishlatiladigan 100 dan ziyod import o‘rnini bosuvchi butlovchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ayni vaqtda korxonada 200 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda.

Tadbirkorlik sohasida katta tajribaga ega I.Fayziyev o‘z umr yo‘li misolida hamisha yangilikka intilish kerakligi, tavakkalchilikdan, mashaqqatli mehnatdan va o‘rganishdan qochmaslik lozimligi haqida batafsil fikr bildirdi.

Mazkur uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ular tadbir mehmonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga amaliy javoblar olishdi.

Кўрилганлар сони: 56 

Биз билан алоқа

(*) белгиси билан кўрсатилганлар киритилиши шарт.

Тасвирдаги ёзувни киритинг *


Система Orphus