13.01.2023 11:34:04
O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, yuzlab ijodkorlarning sevimli ustozi Odil Hotamov 2023-yil 13-yanvar kuni 73 yoshda vafot etdi.
Odil Hotamov 1950-yil 20-martda Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat (hozirgi O‘zbekiston Milliy) universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
40 yildan ko‘proq Karmana tumanidagi “Karmana ovozi” gazetasi tahririyatida faoliyat yuritdi.
Shoirning “Kechki maysalar”, “Tiriklik shami”, “Nigohlar”, “Dala yo‘li”, “Nafas” she’riy kitoblari, “Yuksakdagi daraxt” hujjatli qissasi, “Xirmon” saylanmasi chop etilgan.
Shoir 2000 yilda “Shuhrat” medali, 2011 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
N.Tursunov, J. Hamroyev, Ya.Dushanov, A.Jo‘rayev, B.Sadriddinov, B.Pirnafasov.
Жами мурожаатлар:833
Кўриб чиқилган:448 (54%)
Кўриб чиқилмоқда:385 (46%)
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича ҳаракатлар стратегияси
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси
Ўзбекистон Республикаси ҳукумат портали
Ўзбекистон Республикаси Президентининг матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Сенати
Ўзбекистон Республикаси Давлат Солиқ қўмитаси
Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Тел.: 0 (436) 229-6206
info@navoi.uz
Ўзбекистон Республикаси,
210100 Навоий шаҳар.,
Ислом Каримов кўчаси, 77а