Бугун: 15 Ноя 2019 йил

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
Бош сахифа > Янгиликлар > Chingiz Aytmatov ijodini o‘rganish davom etmoqda


Ulkan iste’dod sohibi, atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatov ijodi jahon adabiyotida beqiyosligi bilan alohida o‘rin tutadi. Navoiy davlat pedagogika institutida adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Chingiz Aytmatov va hozirgi zamon: ijod, axloq va falsafa” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Chet tillar kafedrasi, rus tili va adabiyoti fakulteti tashabbuskorligida tashkil etilgan konferensiyada Rossiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan mehmonlar, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir viloyat hokimi Q. Tursunovning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi bilan ochildi. Shundan so‘ng viloyat hokimi o‘rinbosari F. Soliyev konferensiya ishtirokchilarini qutlab, Chingiz Aytmatov asarlari ma’naviy barkamollikni oshirishda katta ahamiyatga egaligini, ta’limdagi bunday hamkorlik esa samarali bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Konferensiya yozuvchi hayoti va ijodi aks etgan hujjatli film namoyishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng adib asarlari, maqolalari jamlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Undan Chingiz Aytmatovning ilk chop etilgan qissa, romanlari va boshqa asarlari joy oldi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Konferensiyaning birinchi kuni shu’balarga bo‘lingan holda yozuvchi asarlari, undagi yuksak axloqiy qadriyatlar tarannumi, qahramonlar ko‘ngil kechinmalarining mahorat bilan yoritilishi, adibning chuqur falsafiy mushohadalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Xususan, Samarqand davlat chet tillari instituti qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Szan In Xitoyda Chingiz Aytmatov ijodiga yuksak baho berilishi, uni sevib o‘qishlari xususida gapirdi. Janubiy koreyalik professor Xo Na Mo adib asarlaridagi ezgulik g‘oyasi hamisha ustuvorligini e’tirof etgan bo‘lsa, tojikistonlik professor Ansori Muazzam qirg‘iz-tojik o‘zaro ijodiy hamkorlik aloqalarining mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan tilga oldi.
— Xalqaro konferensiyaning institutimizda tashkil etilgani har jihatdan samarali bo‘ldi, — deydi NDPI rektori B. Doniyorov. — Bu talabalarimizning adib ijodini chuqurroq o‘rganishi bilan birga, chet davlatlar bilan ta’limdagi hamkorligimiz yanada taraqqiy etishiga yo‘l ochdi. Umid qilamanki, bundan keyin ham ana shunday xalqaro tadbirlarimiz davom etaveradi.
Konferensiya yakunida ma’ruzalari bilan faol qatnashgan professor, o‘qituvchilar sertifikat bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, ular viloyatimizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohatda bo‘lishdi.

«Do'stlik bayrog'i» muxbiri.

 

Кўрилганлар сони: 715 

Биз билан алоқа

(*) белгиси билан кўрсатилганлар киритилиши шарт.

Тасвирдаги ёзувни киритинг *


Система Orphus